Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasi uchta alpaka, bitta lama va har xil turdagi beshta turna bilan to‘ldirildi.
Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafa halok bo‘ldi. Uning o‘limiga oshqozon buralishi sabab bo‘ldi. Hozirda zooparkda ikkita jirafa qolgan. 2022-yilda olib kelingan birinchi jirafa ham kasallik tufayli nobud bo‘lgandi.
24-oktabr kuni Toshkent hayvonot bog‘i ochilganiga 100 yil to‘ldi. Jonivorlarning yashash sharoitlarini yaxshilash va infratuzilmani yangilash maqsadida u yerda 2020-yildan beri ta’mirlash ishlari olib borilyapti. “Gazeta.uz” bog‘ xodimlari bilan shu vaqtgacha qilingan ishlar va kelgusi rejalar haqida gaplashdi.
Toshkent hayvonot bog‘i ochilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan Fotosuratlar uyida “Tarix obyektivda” nomli ko‘rgazma uyushtirildi. Namoyishga qo‘yilgan 100 dan ortiq suratlar orqali poytaxt zooparkining ko‘rinishi va uning “aholisi” tarkibi bir asr ichida qanchalik o‘zgarganini ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Toshkent hayvonot bog‘ida 10 yashar bir yo‘lbars bor. Laqabi — Navro‘z. O‘zi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navro‘z o‘z hikoyasini “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi — uning odamlarga iltimosi bor.
Toshkent hayvonot bog‘iga Janubiy Afrikadan 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher olib kelindi. 2022-yilning avgust oyida u yerdagi Alatau laqabli jirafa nobud bo‘lgandi.
Toshkent hayvonot bog‘iga Isroildan maymunlar oilasiga mansub bir qancha gamadrilalar keltirildi. Ularning moslashishiga isroillik mutaxassislar ko‘maklashdi.
1-apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalarining narxlari oshadi. Endi kirish narxi 16 yoshdan kattalar uchun 35 000 so‘m, xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqaxo‘rlar hamda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 20 000 so‘m bo‘ladi. Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bolalar uchun esa bepul.
Toshkent hayvonot bog‘ida ko‘p yillardan beri ilk bor panteralar — to‘rt yoshli Bagira va Tayfun paydo bo‘ldi. Hozirda ular uchun maxsus ekspozitsion volerlar loyihalashtirilmoqda.
Bugun Toshkent hayvonot bog‘i 98 yoshga to‘ldi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan «Gazeta.uz» hayvonot bog‘idagi eng keksa jonivorlar: urg‘ochi And kondori Sandra, karlik begemoti Judi va ko‘k tilli kaltakesak haqida so‘zlab beradi. Ular bu yerda hammadan ko‘proq muddat hayot kechirishgan.
Avgust oxirida xalqaro aeroportda noqonuniy olib o‘tilgani sabab 57 dona timsoh bolalari va 10 dona buqalamun hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi. Hozirda ulardan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi. Bojxona organlari holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Toshkent hayvonot bog‘i Alatau laqabli jirafaning o‘lim sababini ma’lum qildi. O‘limga o‘n ikki barmoqli ichakning tug‘ma nuqsoni tufayli hosil bo‘lgan timpaniya natijasida yuzaga kelgan miya ishemiyasi sabab bo‘lgan.
Avgust oxirida aeroportdan noqonuniy tarzda plastmassa idishda olib o‘tishga urinilgan 57 ta timsoh bolasining sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazilgan, deya ma’lum qildi Toshkent hayvonot bog‘i. Hozirda ular go‘sht, baliq bilan boqilmoqda, ularning bo‘yi va vazni o‘lchab ko‘rildi.
Toshkent hayvonot bog‘ida «Uyga yo‘l» xayriya ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning asosiy faol ishtirokchilari qarovsiz qolgan yoki ko‘chadan topib olingan kuchuklar va mushuklardir. Tashkilotchilarning fikricha, ko‘rgazma hayvonlarga mehribon oilada yashash uchun yangi imkoniyat beradi. «Gazeta.uz» kimlar uyga yo‘l topa olgani haqida hikoya qiladi.
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kishi kichik qizaloqni 5 metr balandlikdan ayiqlar voleriga tashlab yubordi. Bola faqat tushish natijasida jarohat oldi. Ayolning qilmishi sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol hibsga olingan.
Sakkiz oylik ikkita oq sher bolasi (Jonni va Jenni) Janubiy Afrikadan Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelindi. Dunyoda bunday sherlarning soni 300 dan oshmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting